AQSh Senati Muhammad Ali Boxing Revival Act – professional boksni tubdan o'zgartirishi mumkin bo'lgan qonun loyihasini bir ovozdan ma'qulladi. Hujjat yangi boks tashkilotlarini yaratish, sportchilarga minimal to'lovlar va antidoping nazoratini kuchaytirishni nazarda tutadi.
Professional boks so'nggi o'n yilliklardagi eng yirik tashkiliy islohotlar ostonasida turibdi.
19-noyabr kuni AQSh Senati Muhammad Ali American Boxing Revival Act – boks promoushenlari ish qoidalarini o'zgartirishi mumkin bo'lgan qonun loyihasini bir ovozdan ma'qulladi.
Asosiy yangilik – UFC modeli bo'yicha maxsus boks tashkilotlarini yaratish imkoniyati.
Bugungi kunda professional boks ko'p jihatdan mustaqil promouterlar va WBA, WBC, IBF va WBO kabi xalqaro sanktsiyalovchi tashkilotlar atrofida qurilgan.
Yangi qonun loyihasi muqobil tizimni taklif qiladi.
United Boxing Organizations (UBO) tashkilotlari bokschi bilan eksklyuziv shartnomalar tuzishi, o'z reytinglarini shakllantirishi va chempionlik unvonlarini o'ynashi mumkin bo'ladi.
Bundan tashqari, hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:
- har bir raund uchun sportchilarga minimal to'lovlar;
- tibbiy xavfsizlik talablarini kuchaytirish;
- qattiqroq antidoping tartib-qoidalari.
Islohot tarafdorlari bunday o'zgarishlar ko'proq shov-shuvli janglarni o'tkazishga yordam beradi va jangchilar uchun yangi karyera imkoniyatlarini yaratadi deb hisoblashadi.
Biroq tanqidchilar ham bor.
Qonun loyihasiga qarshi chiqayotganlar eksklyuziv shartnomalar sportchilarning promouterlarga qaramligini oshiradi va Muhammad Ali 2000-yilgi qonunida belgilangan ba'zi himoya mexanizmlarini zaiflashtirishi mumkin deb xavotirlanishmoqda.
Shu bilan birga, yangi hujjat amaldagi Ali Act ni bekor qilmaydi, balki qo'shimcha qoidalar taklif qiladi.
Qonun loyihasi Vakillar palatasida yakuniy kelishuvdan o'tishi va AQSh Prezidenti imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.
Shuning uchun yangi qoidalar hali kuchga kirmagan, ammo Senatning ma'qullashi professional boks bozorini potentsial qayta qurish yo'lidagi muhim qadam bo'ldi.